Bosh sahifa | A'zo bo'lish | Kirish | RSSDushanba, 29.04.2024, 23:51

Xush kelibsiz!

Sayt menyusi
Yangiliklar bo'limlari
San'at yangiliklari [1]
Sport yangiliklari [41]
Ilm-fan yangiliklari [4]
Daturiy ta'minot [1]
Pazandalik sirlari [2]
Diniy mavzular [10]
Multifilmlar [106]
Jamiyat va hayot [19]
Forum yangiliklari [2]
Kino haqida [4]
Mini-chat
200
Bizning so'rov
Sizga yoqadigan O'zbek musiqa san'ati yulduzi kim?
Natijalar · Arxiv ]
Jami ovozlar: 132
Statistika

Jami Online: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2010 » Sentabr » 6 » LAYLATUL QADR FAZILATLARI
LAYLATUL QADR FAZILATLARI
03:25
LAYLATUL QADR FAZILATLARI

Abu Zakariyya al-Madaniy

Bismillahir Roxmanir Rohim

Barcha Olamlar Robbisi bo‘lgan Allox ta’ologa hamdu sanolar, payg'ambarimiz, Uning oilasi va barcha sahobalariga salavotu salomlar bo‘lsin. 

Muhtaram va aziz dindoshlar, kuni kecha Ramazon kirishini zavq bilan kutib olgandik. Mana bugun esa uning ko‘pi ketib ozi qolibdi. Hash-pash deguncha Ramazon tugab Hayit ham kelib qoladi. Hammangizga ma’lum Ramazon oyi oylarning eng ulug'i bo‘lganidek, bu oyning ham kecha va kunduzlarining fazilatli va ulug'lari bor. Ular Ramazonning oxirgi o‘n kunligi. Ularning fazilati shu kechalarda yashiringan «Laylatul qadr-Qadr kechasi» sabablidir. Qadr kechasining kadrini kuyida zikr qilinadigan oyat va hadislarni taammul qilgan kishi anglab yetadi. Allox taolo Qur’on Karimda dedi: «Albatta Biz u (Qur’on)ni Qadr kechasida nozil qildik. (Ey Muhammad sallalloxu alayhi va sallam), Qadr kechasi nima ekanligini Siz qaerdan ham bilar edingiz?! Qadr kechasi ming oydan yaxshiroqdir. U (kecha) da farishtalar va Rux (ya’ni, Jabroil alayxissalom) Parvardigorlarining izni-ixtiyoriy-la (yil davomida qilinadigan) barcha ishlar bilan tushurlar. U (kecha) to tong otguncha tinchlik-omonlikdir.» (Qadr surasi) 

Duxon surasida esa shunday deydi: «Ochik-ravshan Kitob-Qur’onga qasamki, albatta Biz uni bir muborak kechada nozil qildik. Darhaqiqat, Biz (insu-jinlarni ushbu Qur’on bilan oxirat azobidan) ogoxlantiruvchi bo‘ldik» (Duxon: 2,3). 

Abu Xurayra roziyalloxu anxu rivoyat qiladi, rasulullox sallalloxu alayhi va sallam dedilar: «Kimki Qadr kechasida iymon bilan va savob umidida bedor bo‘lsa, uning avvalda qilgan gunohlari kechiriladi» (Muttafakun alayhi). 

Paygambarimiz Muhammad sallallohu alayxi va sallamning odatlari doimo fazilatli ishlarga shoshish va Ummatini unga targ'ib qilishdir. Rasulullox sallalloxu alayxi va sallam bir ishga targ'ib qilsalar, o‘zlari bu ishda o‘rnak bo‘lardilar. Oisha roziyalloxu anxo rivoyat qiladilar: «Rasulullox sallalloxu alayxi va sallam oxirgi o‘n kunlikda boshqasida misli ko‘rilmagan darajada ibodatlarga tirishar edilar» (Imom Muslim rivoyati). 

Payg'ambar sallalloxu alayhi va sallam bu kechalarning hammasida namoz, Qur’on tilovati, Olloxning zikri va e’tikof kabi turli xil ibodatlar bilan bedor bo‘lardilar. O’zlarigina bedor bo‘lmasdan qo‘l ostidagilarini ham bunga buyurar edilar. Oisha roziyalloxu anxo rivoyat qiladilar: «Payg'ambar sallalloxu alayhi va sallam oxirgi o‘n kunlik kirsa, izorlarini maxkamlardilar (ya’ni, ayollaridan uzlat qilardilar) kechasini bedor o‘tkizardilar va axli-oilasini (ibodat uchun) uyg'otar edilar» (Muttafakun alayxi). 

Ul zot axli-oilasini ibodat, Alloxning zikri uchun uyg'otardilar. Chunki, bu kechalar tezda tugab qoladigan juda ham ozdir, uni g'animat bilib, ibodatlar qilib qolishga loyiqdir. Bugungi kunda odamlar Qadr kechasini o‘tkizish uchun uylarda jamlanadilar, anvoi taomlar tayyorlab, dasturxon ustida tuni bilan gurunglab chiqadilar. Sahar bo‘lgach o‘zlaricha biz laylatul qadrda uxlamadik, bizning gunoxlar ham kechirildi deb, uy-uylariga tarqaladilar. Ularning Qadr kechasi bilan payg'ambar sallalloxu alayxi va sallamning Qadr kechasi o‘rtasida osmon bilan yercha farq bor. 

Oisha onamiz roziyalloxu anxo rasulullox sallalloxu alayxi va sallamdan so‘radilar: «Ey rasulullox, agar men Qadr kechasiga muvofiq kelib qolsam nima deb duo qilay? Rasulullox sallalloxu alayxi va sallam dedilar: «Alloxumma innaka afuvvun tuxibbul afva fa’fu anniy» «Parvardigoro, Sen afv etuvchisan, afvni yaxshi ko‘rasan, meni afv et» deng, dedilar. 

Bu ulug' kechalarni ganimat bilib, unda mazkur duoni takror-takror qilmog'imiz darkor. Kishi vaqtidan unumli foydalanmog'i lozim, nafs malollanuvchidir, shuning uchun kishi kechani malollanmasdan o‘tkizishi uchun turli ibodatlar bilan mashg'ul bo‘lishi kerak. Masalan: avval namoz o‘qisin, namozdan charchasa, o‘tirib Qur’on tilovat qilsin, ma’lum vaqt Qur’on o‘qigach, duoga qo‘l ochib, parvardigorga yolborsin. Yolborish yuqorida zikri o‘tgani kabi duolarni qayta-qayta qilishdir. Va xokazo shu tartibni qaytadan takrorlasa ham bo‘ladi. Muhimi vaqtini behuda o‘tkizmasin. 

Qadr kechasi oyning muayyan bir kunida deb birov jazm qila olmaydi. Chunki, odamlar ko‘proq ibodatda bo‘lishlari va unga muvofiq kelishga tirishishlari uchun Allox subxanaxu va taolo uni oxirgi o‘n kunlikda yashirib qo‘ydi. Rasulullox sallalloxu alayxi va sallam dedilar: «Qadr kechasini oxrigi o‘n kunning toq kechalaridan izlanglar» (Imom Buxoriy rivoyati). 

Ibn Taymiyya roximaxullox dedilar: «Toq o‘tgan kunlar e’tibori bilan bo‘lishi mumkin. U holda qadr kechasi 21-kecha, 23- kecha, 25- kecha, 27- kecha va 29- kechalardan izlanadi. Toq qolgan kunlar e’tibori bilan bo‘lishi ham mumkin. Bu haqda rasulullox sallalloxu alayxi va sallam shunday dedilar: «Uni qolgan to‘qqizinchi kechadan, qolgan yettinchi kechadan, qolgan beshinchi kechadan izlanglar» (Imom Buxoriy rivoyati). Bunga ko‘ra agar oy o‘ttiz kun bo‘lsa, mazkur kechalar juft sonli kechalarda bo‘ladi. Ya’ni, 22- qolgan to‘qqizinchi, 24- qolgan yettinchi va xokazo. Abu Sa’iyd al-Xudriy buni saxix xadisda shunday izoxlaganlar. Agar oy 29 kun bo‘lsa, yuqorida aytganimizdek bo‘ladi. Ya’ni o‘tgan kunlar e’tibori bilan xam, qolgan kunlar e’tibori bilan ham toq kechalar ayni kechaga to‘gri keladi. 

Demak, mu’min kishi Qadr kechasini oxirgi o‘n kunlikning hammasida izlashi kerak bo‘ladi. Bunga rasulullox sallalloxu alayxi va sallam quyidagi hadisda ishora qilganlar: «Uni oxirgi o‘n kundan izlanglar» (Imom Buxoriy rivoyati). 

Qadr kechasi oxirgi yetti kechada bo‘lishi ko‘proq, bunga Abdullox ibn Umar roziyalloxu anxumoning hadisi dalolat qiladi: «Payg'ambar sallalloxu alayxi va sallamning asxoblaridan bir nechtalari tushlarida Qadr kechasini oxirgi yetti kechadaligini ko‘rdilar. Payg'ambar sallalloxu alayxi va sallam: «Men sizlarning tushlaringiz oxirgi yetti kechaga muvofiq kelganini ko‘rmoqdaman. Kimki Qadr kechasini izlamoqchi bo‘lsa, oxirigi yetti kechada izlasin» — dedilar. Imom Muslim qilgan rivoyatda: «Uni oxirgi o‘n kunlikdan izlanglar, agar sizlardan biringiz zaiflik qilsa yoki ojiz bo‘lsa, qolgan yetti kechada (uyquga) mag'lub bo‘lmasin». 

Oxirgi yetti kechaning toqlarining ehtimolga yaqinrog'i 27- kechadir. Bunga Ubay ibn Ka’bning hadisi dalolat qiladi: «Alloxga qasam ichib aytamanki, men rasulullox sallalloxu alayxi va sallam bizni turishga buyurgan kecha qaysi kechaligini bilaman. U 27- kechadir» (Imom Muslim rivoyati). Undan siz buni qanday bildingiz deb so‘radilar? U: rasulullox sallalloxu alayxi va sallam xabar bergan belgi bilan, dedi. «Qadr kechasining tongida quyosh chiqqanida uning nuri bo‘lmaydi to ko‘tarilguncha xuddi tog'oradek bo‘lib turaveradi» deganlar. Bu xabar saxix bo‘lsada, kishi yalqovlik qilmasdan Qadr kechasini topish uchun qattiq tirishishi lozim. Yuqorida zikr qilganimizdek payg'ambar sallalloxu alayxi va sallam oxirgi o‘n kunlikda o‘zlari bedor bo‘lar va axli ayollarini ham uyg'otar edilar. Aliy va Fotima roziyalloxu anxumolarning eshiklarini qoqib, «Turib namoz o‘qimaysizlarmi!» derdilar. Keyin Ummaxotul mu’miniynlarning xujralariga yuzlanib: «Xujra soxibalarini uyg'otinglar, bu dunyoda qancha-qancha kiyimlilar bor, Qiyomat kunida yalang'ochdir» derdilar. (Imom Buxoriy rivoyati). 

Allox subxanaxu va taolodan barchalarimizni Qadr kechasiga muvaffak qilishi, tutgan ro‘zalarimizni va taroveh namozlarimizni qabul qilishini so‘raymiz.

Категория: Diniy mavzular | Просмотров: 4145 | Добавил: Lincoln | Рейтинг: 5.0/2 |
Всего комментариев: 1
1 uzbek  
0
men qadr kechasini ko'rganman

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Kirish
Qidirish
Taqvim
«  Sentabr 2010  »
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Yangiliklar arxivi
Do'stlarimiz
  • Web-masterlar uchun
  • Dasturlar
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Forum yangiliklari
    Forum faollari

    Copyright MyCorp © 2024
    Бесплатный хостинг uCoz