Bosh sahifa | A'zo bo'lish | Kirish | RSSSeshanba, 21.05.2024, 09:24

Xush kelibsiz!

Sayt menyusi
Yangiliklar bo'limlari
San'at yangiliklari [1]
Sport yangiliklari [41]
Ilm-fan yangiliklari [4]
Daturiy ta'minot [1]
Pazandalik sirlari [2]
Diniy mavzular [10]
Multifilmlar [106]
Jamiyat va hayot [19]
Forum yangiliklari [2]
Kino haqida [4]
Mini-chat
200
Bizning so'rov
Saytni baholang
Natijalar · Arxiv ]
Jami ovozlar: 59
Statistika

Jami Online: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2008 » Aprel » 4 » Arsh ularga og'ir keldi.
Arsh ularga og'ir keldi.
20:10

Ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilinadi:
"Alloh taolo Arshni yaratganda xomil (ko'taruvchi) farishtalarga uni ko'tarishni buyurdi.
Arsh ularga og'ir keldi.
Alloh taolo: "Subhanalloh, deb aytinglar", deb buyurdi. Farishtalar subhanalloh, deyishdi, shunda ularga yengil bo'ldi
Ular Alloh Odam alayhissalomni yaratguncha subhanalloh deb turishdi.
Odam (a.s.) aksa urganida Alloh taolo uni Alhamdulilloh deyishga ilhomlantirdi. Alloh taolo aytdi: "Senga Rabbing rahm qildi va sen mana shuning uchun yaratilding". Maloikalar shunda: "Ikkinchi kalima ham ulug' ekan. Bizlar undan g'aflatda qolmasligimiz kerak", deyishib, uni oldingisiga qo'shishdi.
Bir necha farishtalar subhanallohi valhamdulillohi, deb aytib yurishdi, bu hol Nuh (a.s.) zamonlarigacha davom etdi.
Birinchi bo'lib sanam tutgan qavm Nuh (a.s.) qavmlari edi. Alloh taolo Nuh (a.s.) qavmlarini "La ilaha illolloh", deb aytishga buyurdi. Shundan ulardan rozi bo'lishini bildirdi.
Farishtalar o'shanda "Uchinchi kalima ham ulug' va sharafli ekan. Biz bundan g'aflatda qolmasligimiz kerak", deyishib, uni oldingi ikki kalimaga qo'shishdi.
Uzoq muddat subhanallohi valhamdulillohi va la-a ilaha illalloh kalimasini aytib yurishdi.
Bu hol Ibrohim alayhissalom payg'ambar bo'lib kelgunlarigacha davom etdi. Alloh taolo Ibrohim (a.s.)ga qurbonlik qilishni buyurdi. Keyin qo'chqor berdi. Qo'chqorni ko'rganlarida u zot xursand bo'lib, Allohu akbar, dedilar.
Farishtalar aytishdi: "Bu kalima ulug' va sharafli ekan", deb uni oldingi uchtasiga qo'shishdi va
subhanallohi valhamdulillohi va la-a ilaha illallohu vallohu akbar, deb yurishdi.
Vaqtiki Jabroil alayhissalom bu gaplarni Payg'ambarimiz (s.a.v.)ga aytgan edi, u sot shodlanib: "La-a havla va la-a quvvata illa billahil 'aliyyil 'azim", dedilar. Shunda Jabroil alayhissalom: "Bu kalimalarni oldingilariga qo'shing", dedi
".

Категория: Diniy mavzular | Просмотров: 759 | Добавил: Mis_Shoira | Рейтинг: 5.0/3 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Kirish
Qidirish
Taqvim
«  Aprel 2008  »
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
Yangiliklar arxivi
Do'stlarimiz
  • Web-masterlar uchun
  • Dasturlar
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Forum yangiliklari
    Forum faollari

    Copyright MyCorp © 2024
    Бесплатный хостинг uCoz